Gyeonggi viloyati migrant ayollar maslahat markazi
페이지 정보
Writeradmin Inquiry 62cases Date 25-08-26 14:16본문
Gyeonggi viloyati migrant ayollar maslahat markazi
Gyeonggi viloyati migrant ayollar maslahat markazi zo‘ravonlikka uchragan migrant ayollar va ularning oila a’zolariga yashash maqomidan qat’i nazar yordam ko‘rsatadi.
Faoliyatlar
-Oilaviy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, fohishalik qurbonlarini maslahat va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
-Jabrlanuvchilarning yashash muddati uzaytirilishi, doimiy yashash huquqi, fuqarolikka qabul qilish masalalari bo‘yicha maslahat va yordam
-Zo'ravonlikka uchragan ayollar uchun shoshilinch tibbiy yordamni qo'llab-quvvatlash
-Favqulodda himoya maskanlariga yo‘naltirish
-Bepul advokat bilan maslahatlashuv va bog‘lanish
-Maslahat uchun zarur tarjima va tarjimonlik xizmatlari
-Zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan ta’lim dasturlari
-Mustaqil hayot va jamiyatga moslashish uchun zarur ma’lumot taqdim etish
-Huquqiy jihatdan zarur bo‘lgan ma’muriy yordam (hujjatlarni tayyorlash)
-Zo‘ravonlik qurboni bo'lgan ayollar uchun sud, politsiya bo‘limi, immigratsiya idoralariga hamrohlik qilish
Maslahat beriladigan tillar:
Vetnam, xitoy, tay, filippin, laos, o‘zbek, ispan, ingliz va koreys tillari
(Qo‘shimcha tillarda ham oldindan yozilish orqali maslahat olish mumkin.)
Maslahatlashish tartibi va vaqti
Usullari: telefon, suhbat, tashrif buyurish, onlayn
Yuridik maslahat: har oyda 2 marta
Ish vaqti: dushanbadan jumagacha, 09:00 ~ 18:00
Murojaat uchun
Telefon: 031-429-7919
Elektron pochta: ggmw@ggmw.or.kr
Manzil: Gyeonggi viloyati, Gunpo-si, Gunporo 578, 2-qavat
Yo‘l topish: 1-sonli metro liniyasi, Gunpo metro bekati 1-chi chiqishdan 10 daqiqa piyoda
Yuridik maslahat: har oyda 2 marta
Ish vaqti: dushanbadan jumagacha, 09:00 ~ 18:00
Murojaat uchun
Telefon: 031-429-7919
Elektron pochta: ggmw@ggmw.or.kr
Manzil: Gyeonggi viloyati, Gunpo-si, Gunporo 578, 2-qavat
Yo‘l topish: 1-sonli metro liniyasi, Gunpo metro bekati 1-chi chiqishdan 10 daqiqa piyoda
* Gyeonggi viloyati Migrant Ayollar Maslahat Markazi — Gyeonggi viloyati topshirig‘i asosida “Osiyo Oynasi” nodavlat tashkiloti tomonidan boshqariladi.
- 첨부파일 다운로드 자산 4global_flag.png (3.1K)




